Yangi Zelandiya termasi ustozi: Biz muhim bo‘lgan tajriba to‘plamoqdamiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Konfederatsiyalar kubogi-2017 turniri ochilish o‘yinida Rossiya terma jamoasi Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng yangi zelandiyaliklar ustozi Entoni Xadson o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yangi Zelandiya murabbiyi rekord o‘rnatdi

“Biz yaxshiroq start olishni istagan edik. Kuchli bo‘lgan Rossiyaga 0:2 hisobida yutqazdik. Raqib yaxshi harakat qildi. Biz maydonga jangovar ruxda chiqdik. To‘g‘risi, bizda kuchli jamoalar bilan o‘ynash imkoniyati kam. Bunday o‘yinlar orqali tajriba orttiramiz.

O‘yin biz kutgandek kechmadi. Ayniqsa, birinchi bo‘lim. Biz birinchi golni raqibga sovg‘a qildik. Ikkinchi gol esa bizning xato. Ammo ikkinchi bo‘lim mega ko‘proq yoqdi. Futbolchilarim qo‘llarini siltab ketishmadi, va o‘ynashda davom etishdi”, – deb aytib o‘tdi 36 yoshli murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!