Yerri Mina: “Barselona”da o‘zimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdim

  • 1 avgust, 2018, 12:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina Kataloniya super klubiga moslashishi qiyin bo‘layotgani haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman, ammo men xotirjamman. Chunki men endigina 23 yoshdaman va hali menda vaqt ko‘p.

Dastlab “Barselona”da qiyinchiliklarga duch keldim va ruhan tushkunlikka tushib qoldim. O‘sha paytda Paulino va Koutinolar menga dalda berishdi.

“Barselona”da mening pozitsiyamda juda kuchli futbolchilar o‘ynashadi. Lekin menga ham o‘zimni ko‘rsatish uchun imkon berishlarini kutdim. Biroq bu sodir bo‘lmadi. Bir necha daqiqa maydonda harakat qildim, lekin o‘xshamadi. Shu sabab men o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotdim. Xatto mashg‘ulotlarda ham ko‘p xato qila boshladim”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!