Yerri Mina safga qaytdi

  • 14.09.2018 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Everton" klubi himoyachisi Yerri Mina jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli kolumbiyalik futbolchi bugundan jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mina “Everton” safiga joriy yoz “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha “irischilar” safida debyut qilganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!