
Yerri Minaning "Manchester Yunayted"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Yerri Minaning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi "Old Trafford"ga ko‘chib o‘tgach MYu bilan 5 yillik kelishuv imzolaydi. Uning maoshi esa yiliga 8,5 mln evroni tashkil etadi. O‘z navbatida ushbu transfer uchun mankuanliklar Kataloniya super klubiga 39 mln evro tovon puli to‘lashmoqchi. Biroq, “Barselona”dagilar taklif etilayotgan mablag‘dan 6 mln evro ko‘proq, ya’ni 45 mln evro so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mina “Barselona” safiga joriy yilning yanvarida Braziliyaning “Palmeyras” klubidan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar