
Yosh bokschilarimiz Osiyoning eng yaxshilari qatorida e’tirof etildi
Osiyo boks Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan yilning eng yaxshilarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar yakunlariga ko‘ra ikki nafar yosh hamyurtimiz eng yaxshilar qatorida e’tirof etildi.
Eng yaxshi yosh bokschi nominatsiyasida Osiyo chempionatida 49 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan hindistonlik Sachin Sivach Sinkx 36,2% ovoz bilan qit’amizning tengsiz deb topildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik Rajabboy Atanazarov 34,4% ovoz bilan ikkinchi va yaponiyalik Hayato Tsutsumi (23,5%) uchinchi bo‘ldi.
Bundan tashqari o‘smir bokschilar o‘rtasidagi so‘rovnomada yaponiyalik Sora Tanaka (43,4%) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, hamyurtimiz Javlonbek Yo‘ldoshev (42,6%) va qozog‘istonlik Beybars Jeksen (5,1%) keyingi pog‘onalarni egallashdi.
>>> Shahram G‘iyosov Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb topildi
Fikrlar