Yosh taekvondochilarimizning katta g‘alabasi
O‘zbekistonlik yosh taekvondochilar Janubiy Koreyada an’anaviy taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro festivalda medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
Qora belbog‘ sohiblari o‘rtasidagi til - kompleks mashq bajarish bo‘yicha musobaqada Oleg Kim oltin medalga sazovor bo‘ldi. Roman Tsay esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sparring bahsida Roman Tsay barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Oleg Kim bu gal kumush medal bilan kifoyalandi.
Sportchilarimiz ertaga yurtimizga etib keladi.

Fikrlar