
Yozda “Arsenal”ga kelib qo‘shiladigan birinchi futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi
Germaniyaning “Shalke-04” klubi himoyachisi Sead Kolashinats faoliyatini Londonning “Arsenal” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
23 yoshli Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosi 1 iyulda rasman “kanonirlar” safiga borib qo‘shiladi. Boisi, ayni shu kuni uning gilzenkirxenliklar bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra “Arsenal” Kolashinatsga haftasiga 140 ming evro maosh to‘laydi.
Ta’kidlash lozimki, uni shuningdek «Milan» va «Manchester Siti» klublari ham o‘z safiga qo‘shib olishni istashgan edi.
Fikrlar