Yozda “Milan” boshqaruviga Manchini kelsa, jamoa hujumida Aguero va Obameyang tandemi bo‘ladi

  • 9 fevral, 2017, 13:05
  • Isayev Bekzod
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ayni paytda Italiya OAVda “Milan” tarkibi yozda sezilarli darajada o‘zgarishi borasida xabarlar tarqaldi. Milanning xitoylik investorlari jamoani yana bir yil evrokuboklarda ishtirok etmasligidan norozilar. Shuning uchun ular jamoaga yaxshi hujumchi izlashmoqda.

Xabarlarga qaraganda, milanliklar PerEmerik Obameyang, Edin Jeko, Romelu Lukaku va Andrea Belotti nomzodlarini ko‘rib chiqishmoqda.

Bugungi xabarlarga qaraganda “Milan” yana bir hujumchi bilan qiziqayotganligi ma’lum qilindi. “Manchester Siti”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Serxio Aguero italiyaliklar qiziqish doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, jamoa boshqaruviga Roberto Manchinini taklif qilishmoqchi. Agar Manchini Milanga keladigan bo‘lsa, oldingi chiziqda Serxio Aguero va Per-Emerik Obameyangni qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!