
Yurgen Klopp: Muxlislar Kariusni qo‘llab-quvvatlashidan xursandman
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Torino"ga qarshi uchrashuvda (3:1) jamoa muxlislari darvozabon Kariusni olqishlar bilan kutib olganlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
Eslatib o‘tish joizki, Karius ikkinchi taymda Alissonning o‘rniga maydonga tushdi va muxlislar uni olqishlar bilan kutib olishdi.
- Tan olish lozim, meni bu vaziyat hayratga solgani yo‘q. Inson sifatida men bunga umid qilgandim va bunday qo‘llab-quvvatlash meni quvontirdi. Biz o‘zimizni yaxshi ko‘rsatdik.
Bilasizmi, bu Lorisga ham Alissonga ham yaxshi ta’sir etdi, ular "Enfild" qanday ajoyib joy ekanligini tushunishdi, - deya Kloppning so‘zlaridan iqtibos ketiradi This is Anfield nashri.
Fikrlar