"Yuve" muxlislari Jozeni haqoratlashdi Mourino ularga antiqa javob qaytardi
"Yuventus" klubi muxlislari EChL 3-turi doirasida jamoaning "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda MYu bosh murabbiyi Joze Mourinoni haqoratlashgan.
Muxlislarning haqoratlariga, Mourino o‘zgacha javob qaytardi. Joze turinlik klub muxlislariga 3ta barmoqg‘ini ko‘rsatdi. Ushbu harakat bilan u o‘zining Italiyadagi treblini eslatdi.
Joze Milanning "Inter" klubida faoliyat olib borayotganida trebl qayd etgan. "Inter" 2009/10 yillarda Italiya Kubogi, A Seriya chempionati hamda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.
Aytib o‘tish joizki, milanliklar bunday natijani qayd etgan Italiyaning yagona jamoasi bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis "Chelsi" muxlislariga ham xuddi shunday harakat bilan "londonliklar" bilan treblni qayd etganini eslatib o‘tdi.

Fikrlar