"Yuventus" 20 yoshli argentinalik futbolchi uchun 15 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 7 yanvar, 2019, 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning "Yuventus" klubi "Jenoa" himoyachisi Kristian Romeroga qiziqib qoldi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli argentinalik futbolchi "Jenoa" safiga o‘tgan yilning yozida 1,65 million evro evaziga "Belgrano"dan kelib qo‘shilgan edi. Biroq, genuyaliklar ayni damda uning transferini 25 mln evroga baholashmoqda. Turinliklar esa 15 mln evro berishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Romero joriy mavsum “Jenoa” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!