"Yuventus" Evraning o‘rniga o‘yinchi topdi
Frantsiyalik futbolchi Patris Evra o‘z yurtiga qaytib ketgach, "Yuventus" rahbariyati uning o‘rniga yangi futbolchi qidirdi va bir kunda munosib nomzodni topdi.
Turinliklar tarkibida Patris Evraning vazifasini Kvadvo Asamoa bajaradigan bo‘ldi va yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun "Boka Xuniors"dan Rodrigo Bentankur olib kelinadi.
Aslida "Yuventus" 19 yoshli urugvaylik futbolchini yozda transfer qilmoqchi edi. Lekin Patris Evraning ketishi ishlarni tezlashtirib yubordi. Ayni paytda qishki transferlar mavsumi yopilgunicha Bentankur masalasini hal qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Bentankur joriy mavsumda Argentina chempionatida 11 marta maydonga tushdi.

Fikrlar