"Yuventus" Xamesni sotib olish fikridan qaytmayapti
Turinning "Yuventus" klubi so‘nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Real" xavbeki Xames Rodrigesni sotib olish rejasidan hamon qaytmayapti.
Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra agar myunxenliklar mavsum so‘nggida 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferini sotib olishni istashmasa, “keksa sinora” bu borada “Real”ga taklif bilan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xames “qirollik klubi”ga qaytmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning bahosi 65 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar