"Yuventus" baribir Marseloni sotib oladi
Turinning "Yuventus" klubi "Real" himoyachisi Marseloni qo‘lga kiritishga uchun yangi taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra "keksa sinora" 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun kelgusi yoz taklif bilan chiqadi va buning uchun ular "qirollik klubi"ga 50 million evro to‘lashmoqchi. Marseloning o‘ziga esa ayni damda "Real"da olayotgan maoshi, ya’ni yiliga 11 million taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Yuventus" Ronalduning ortidan Marseloni ham ushbu yoz sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar