"Yuventus" o‘z tarixidagi eng omadli murabbiyni ishdan bo‘shatmoqchi

  • 27 dekabr, 2016, 18:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" Massimiliano Allegri o‘rniga yangi bosh murabbiy olib kelishni ko‘zlamoqda. 

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ikki tomon o‘rtasida kelib chiqqan mojaroga klubning Italiya Superkubogi bahsida "Milan"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ygani sabab bo‘lgan. 

Manbaning xabar berishicha, agarda 49 yoshli mutaxassis turinliklar boshqaruvini tark etadigan bo‘lsa, klub rahbariyati Paulu Souza, Eusebio Di Franchesko, va Leonardu Jardimlardan birini olib kelishi mumkin.

Qayd etish joiz, Allegri "Yuventus" boshqaruvida eng ko‘p g‘alabani qayd etish bo‘yicha 69,17% foiz bilan bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etgan murabbiy hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!