"Yuventus"ga "Manchester Yunayted" futbolchisi kerak

"Yuventus" klubi yangi mavsum boshlangunga qadar o‘z safiga "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelefni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. 

Turinliklar bu bilan yaqin vaqt ichida "Chelsi"ga o‘tib ketishi kutilayotgan Daniele Rugani o‘rnini to‘ldirmoqchi.

Mankunianliklar ustozi Joze Mourino avvalroq yangi mavsumda himoya chizig‘ini Antonio Valensiya, Kris Smolling, Erik Bayi va Lyuk Shou qo‘riqlashini ma’lum qilgan edi. Bunga Lindelefni qo‘shmagan.

O‘tgan mavsum 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 29 o‘yinda maydonga tushib (17 tasi APLda) tushgan. Shvetsiyalik o‘yinchining "Manchester Yunayted" bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!