"Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan Mourinoga 2ta xabar bor. Biri yomon, ikkinchisi yaxshi

  • 06.11.2018 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

Manchester Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi mankuanliklar bilan Turin safariga bormagan. APLning 11-turida “Bornmut”ga qarshi bahsni ham jarohat sabab o‘tkazib yuborgan futbolchi Manchesterda qolib, davolanishni davom ettirmoqda.

Ammo, MYu ustozi Joze Mourino uchun yaxshi yangilik ham bor. Aniqrog‘i, tajribali himoyachi Antonio Valensiya jarohatidan forig‘ bo‘lib yana tarkibga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!