"Yuventus"ning sobiq futbolchisi ham faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

  • 31.08.2018 13:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"ning sobiq xavbeki Klaudio Markizio faoliyatini MLSda davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kanadaning "Monreal Impakt" klubi 32 yoshli italiyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Tak’idlash lozimki, uning uchun shuningdek "Zenit" va "Sporting" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markizio 2006 yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Biroq, o‘tgan mavsum yakunlangach tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi. Shu bois Klaudio ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!