
"Zenit" 0:4 hisobini yo‘qqa chiqargan "Barselona"dan keyingi ikkinchi jamoa bo‘ldi
Piterliklar dastlabki o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarishga erishdilar va kelgusi bosqichga yo‘l olishdi.
Shu tariqa, Sergey Semak shogirdlari evrokuboklarda dastlabki o‘yindagi 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, javob bellashuvida kambek ko‘rsatib, keyingi bosqichga chiqqan ikkinchi jamoa bo‘ldi.
2016/17 yilgi mavsumda "Barselona" Parijda 0:4 hisobida engilganiga qaramasdan, "Kamp Nou"da PSJ ustidan 6:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga chiqqan edi.
Fikrlar