“Zenit” Kerjakovni ijaraga berib yuborishi mumkin
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi darvozaboni Mixail Kerjakov piterliklar safidan ketishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli golkiper “Zenit”ning Belgiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlariga jalb etilmagan edi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra rossiyalik darvozabon o‘ziga boshqa jamoa qidirmoqda. “Zenit” davralar oralig‘ida darvozabonini ijaraga berib yuborishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kerjakov ushbu mavsum piterliklar safida Rossiya premer-ligasining 6ta o‘yinida maydonga tushgan va shularning 3tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar