
"Zenit" "Napoli" ustoziga 7 mln evro maosh taklif qilmoqda
Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi «Napoli» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan muzokaralarni davom etirmoqda.
La Gazzetta Dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra piterliklar 59 yoshli italiyalik mutaxassisga yiliga 7 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Shuningdek Sarri bir vaqtning o‘zida “Chelsi” bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda u yaqin vaqtlar ichida muzokaralarni yakunlash uchun Londonga boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit”da ishlagan boshqa bir italiyalik mutaxassis – Roberto Manchinining yillik maoshi 4,5 mln evroni tashkil etar edi.
Fikrlar