Zidan 2020 yilga qadar "Real"da qolishi mumkin
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning “Real” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 44 yoshli murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra Zidan bilan tuziladigan yangi shartnoma 2020 yilga qadar imzolangan bo‘ladi. Bundan tashqari yangi kelishuvga ko‘ra uning maoshi ham oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Zidan qo‘l ostida ikki karra EChL g‘olibi, Ispaniya chempioni, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi.

Fikrlar