
Zidan: Bizni 4 ta final kutib turibdi
“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan xali hech narsa qo‘lga kiritilmaganini va oldinda jiddiy o‘yinlar bor ekanini aytib o‘tdi.
“Balki, bizda imkoniyat ko‘p va maqsadimizga yaqinmiz deyishimiz mumkindir. Ammo xali oldinda 4 ta bahs bor va biz hech nimaga erishganimiz yo‘q hozircha. Oldinda 4 ta finalimiz bor. 3 ta La ligada, 1 ta EChLda”, - deb fransuz mutaxassisining fikrlarini keltirib o‘tdi AS nashri.
Ma’lumot uchun, Zidan jamoasini oldinda La ligada “Sevilya”(uyda), “Selta”(mehmonda) va “Malaga”(mehmonda)ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Bundan tashqari “qaymoqranglilar” 3 iyun sanasida Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus” bilan o‘ynashadi.
Fikrlar