Zoxir Pirimov "Buxoro"ga o‘tmaganini aytdi
Xabaringiz bor bundan avvalroq AGMK yarim himoyachi Zoxir Pirimov ayni damda “Buxoro” ko‘rigida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.
Biroq, ushbu xabar e’lon qilingach futbolchi SPORTS.uz bilan bog‘lanib, xabar asossiz ekani va hali ham olmaliqliklar safida ekanligini aytdi.
Ma’lumot uchun, Zoxir Pirimov o‘tgan mavsum Superligada jami 28ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar