
A Seriya. "Bolonya" "Napoli" uchun "Inter"ni yutib berdi
A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bolonyaliklar safida golni Rikardo Orsolini kiritdi. U 76-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Bolonya" ochkolari sonini 35 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt jadvalda 7-o‘rindan joy olgan. "Inter" hisobida hozircha 47 ochko mavjud. Klub 2-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar