A Seriya. Chempion "Napoli" safarda "Montsa"ga engildi

Italiya A Seriyasining 35-turidan o‘rin olgan "Montsa" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikki golga Mota va Petanya mualliflik qildi. Mazkur gollar milanliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, "Montsa" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 49 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi. "Napoli" 83 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinni va chempionlikni naqd qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!