A Seriya. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda “Inter” “Napoli” bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 12.01.2026 02:44
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. 

Turnir jadvalida yakka hokimlik qilayotgan Milaning “Inter” klubi o‘z maydonida “Napoli”ga qarshi bahs olib bordi. “Neradzurrilar” uchrashuvda tezkor gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Federico Dimarko gol urib mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 26- daqiqaga kelib, “Napoli” yetakchisi Skott Maktominey muvozanatni tikladi. 73-daqiqada Haqan Chalxanoglu belgilangan penalti­ni bexato amalga oshirib, “Inter”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqaga kelib Skott Maktominey dublni rasmiylashtirib oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va jamoalar o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozib qo‘ydi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
2930.png

Inter

  • Federico Dimarco 9'
  • Hakan Çalhanoğlu 73'
Tugadi
2 : 2

12.01.2026 00:45

597.png

Napoli

  • Scott McTominay 26'
  • Scott McTominay 81'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!