A Seriya. "Inter" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
A Seriya 4-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Kremoneze" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari yirik 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 12-daqiqada Korrea hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Barella farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 76-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Lautaro hisobni yirik ko‘rinishga kelishini ta’minladi. Faqatgina 90-daqiqada Okereke gol urib, jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan "neradzurrilar" ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi. Hozircha ochko to‘play olmagan "Kremoneze" 19-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar