
A Seriya. "Inter" uchrashuvning ilk va so‘nggi daqiqalarida urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi
A Seriya dastlabki turidan o‘rin olgan "Lechche" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Lukaku 2-daqiqadayoq gol urib, hisobni ochdi. 48-daqiqada Sisey muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Dyumfris g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "neradzurrilar" mavsumni qiyin g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar