A Seriya klubiga sanktsiya qo‘llanishi mumkin

  • 15 aprel, 2020, 23:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" klubi yarim himoyachi Filipp Yagelloning transferi bo‘yicha sudda FIFAga yutqazdi.

Tecno

Endi Italiya klubi futbolchining transfer qarzdorligi uchun Polshaning "Zaglembe" klubiga 800 ming evro, shuningdek sud xarajatlari uchun 35 ming evro to‘lashga majbur bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, klub 45 kun ichida belgilangan miqdordagi summani to‘lashi kerak, aks holda genuyaliklarga keyingi transfer oynasi vaqtida sanktsiya qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Yagelloning transferi "Jenoa"ga 2 million evroga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!