A Seriya. "Latsio"da mag‘lubiyat, "Inter"da durang, "Roma"da g‘alaba

  • 25.06.2020 05:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasida 27-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Kecha “Inter” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi.

“Giuseppe Meazza” stadionida kechgan o‘yin 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Neradzurrilar” ushbu o‘yindan so‘ng o‘zlari egallab turgan 3-o‘rinda qolishgan bo‘lsa, “Sassuolo” ham 12-o‘rindan yuqorilamadi.

Shu kuni chempionlik uchun kurashayotgan "Latsio" safarda "Atalanta" mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda 3:2 hisobida yutqazib, muhim ochkolarni boy berdi.

Kuchli to‘rtlikda borayotgan "Roma" esa Rimda "Sampdoriya" ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!