
A Seriya. Lukaku dubl qilgan bahsda "Roma" "Kalyari"ni mag‘lub etdi, Shomurodov esa...
Italiya A Seriyasining 8-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:4 hisobida zafar quchdi.
Rimliklar safida gollarni Auar, Lukaku (dubl) va Belotti kiritdi. Maydon egalarining yagona goli Nandez nomiga qayd etildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa sardiniyaliklar safida 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Shu tariqa, "Roma" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 11 ochko bilan 10-o‘ringa chiqib oldi. "Kalyari" 2 ochko to‘plagan holda so‘nggi 20-o‘rinni band etgan.
Fikrlar