A Seriya. Ronaldu Turin derbisida "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Alyants-Stedium"da kechgan Turin derbisida kuchlar teng keldi - 1:1. Dastavval 18-daqiqada Miralem Pyanichning xatosidan unumli foydalangan Sasha Lukich o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

84-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu Leonardu Spinatstsola tomonidan chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. Shu tariqa muddatidan oldin skudettoni qo‘lga kiritgan "Yuventus" hisobidagi ochkolar soni 89 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Buqalar" esa 57 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!