
A Seriya. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Spetsiya" durang o‘ynadi
A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Spetsiya" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mezbonlar safida Betunshal hamda Pereyra gol urgan bo‘lsa, spetsiyaliklardan Nzolo dubl muallifiga aylandi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda zaxiradan maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar