A Seriya. Turning markaziy to‘qnashuvida "Napoli" "Inter"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli" o‘z uyida "Inter"ni qabul qilib, 3:1 hisobida taslim etdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 33-daqiqasida Kevin de Bryuyne 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida esa Skott Maktominey oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Xakan Chalxanoglu farqni qisqartirdi. Uchrashuvning 66-daqiqasida Andre Zambo-Angissa neapolliklarning so‘nggi golini kiritib, o‘yinga nuqta qo‘ydi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Napoli
- Kevin De Bruyne 33'
- Scott McTominay 54'
- Frank Anguissa 66'
Tugadi
3
:
1
25.10.2025 21:00
Inter
- Hakan Çalhanoğlu 59'



Fikrlar