
A Seriya. "Yuventus" mehmonda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan "Verona" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol hujumchi Moyze Kinga yozildi. U Raboning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, "keksa senoralar" mazkur g‘alabadan keyin 28 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar