A Seriyada narxi eng ko‘p oshgani futbolchi kim?

  • 13 oktabr, 2023, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfermarkt portali turli ligalardagi futbolchilarning transfer summalariga o‘zgartirishlar kiritishda davom etmoqda.

Navbat, Italiya A Seriyasiga keldi. Bu ligada narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchi “Inter” vakili Lautaro Martines bo‘ldi. Mavsum boshidan beri to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan argentinalik jahon chempioni 15 million evroga qimmatladi.

Endi  Lautaro Martinesni transfer qilmoqchi bo‘lgan klublar 100 million evrodan boshlangan takliflarni jo‘natadi.

“Inter”ning himoya qo‘rg‘oni bo‘lgan Federiko Dimarkoning transfer qiymatiga 10 million evro qo‘shildi va umumiy summa 45 million evroga etdi.

“Milan” hiioyachisi Malik Tshauning narxi ham 10 million evroga ko‘tarilib, bundan buyon 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!