A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi unvoni bu safar argentinalik futbolchiga topshirildi

  • 4 avgust, 2020, 19:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Italiya chempionati 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Argentinalik futbolchi A Seriyaning yakunlangan mavsumida 33 ta o‘yinda 11 ta gol kiritib, yana shuncha golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Turinlik futbolchilar ushbu unvonni so‘nggi o‘n to‘qqiz yilda sakkiz marotaba: 2012/13/14 yillar - Andrea Pirlo, 2015 yil - Karlos Teves, 2016 yil - Leonardo Bonuchchi, 2017 yil - Janluiji Buffon va 2019 yil - Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!