A Seriyaning eng zo‘r futbolchisi uchun kurashga "Chelsi" qo‘shildi

  • 28.09.2025 13:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Komo" hujumkor yarim himoyachisi Niko Pas transferi uchun kurashda "Real"ni ortda qoldirishga harakat qilishi kutilmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar" safiga qaytishi ehtimoli yuqori, chunki ularda futbolchini qaytarib sotib olish imkoniyati bor. Ammo Pasning o‘zi "qirollik klubi"ga qaytmaslikka qaror qilsa, "Chelsi"da imkoniyat paydo bo‘ladi.

"Komo" Ispaniya grandni sotib olish bandini olib tashlash uchun Pas bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olmoqchi. Klub o‘shanda 21 yoshli futbolchini 80 mln evroga sotishi mumkinligiga ishonmoqda.

Pas 2020 yildan beri "Real" tizimida edi. 2024 yilning yozida "qaymoqranglilar" yarim himoyachini "Komo"ga sotdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!