Abbosbek Fayzullaev ham gol ham assist qayd etgan o‘yinda TsSKA kambek qurboni bo‘ldi

  • 25 noyabr, 2023, 21:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPLning 16-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin va shiddatli o‘tgan "Moskva derbisi"da mezbonlar kambek qurboni bo‘ldi.

Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birozdan so‘ng vakilimiz jamoadoshi Anton Zabolotniyning goliga assistentlik qildi. 

Shundan so‘ng mehmonlar ketma-ket 3 bora Igor Akinfeev darvozasini ishg‘iol qildi va g‘alabani ilib ketdi. 

Shu tariqa, "armiyachilar" o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!