Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov va Javohir Qahramonov “Dinamo”ni tark etishdi

  • 15 iyul, 2017, 15:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

11 iyul kunidan Chimyon tog‘li hududida o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan «Dinamo» jamoasining ikkinchi davraga tayyorgarligi qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida alohida ishlar olib borishmoqda. Birinchi davrani ijara asosida jamoada o‘tkazgan Abdujamol Isroilov («Neftchi»), Damir Nizanov («Neftchi»), Javohir Qahramonov («Bunyodkor») hozirda klub ixtiyorida emas.

Birinchi davrani «Surxon» klubi safida ijarada o‘tkazgan Jonibek Ko‘chimov yana «Dinamo» ixtiyoriga qaytarildi. Shuningdek, «Olmaliq»dan Muhammad Isaev, «Metallurg»dan Doniyor Ismoilov singari yosh yarim himoyachilar kelib qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» 20 iyuldan Toshkentda nazorat bahslariga kirishadi. Dastlabki uchrashuv shu kuni «Navbahor» jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

«Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasida 31 iyul kuni «Bunyodkor»/«Neftchi» juftligi g‘olibiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazsa, 5 avgust kuni oliy liga 16-turi doirasida Samarqandda «Metallurg» jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!