Abdumalik Xalokov: Ringga chiqishdan oldin muxlislarning Abdumalik, deya olqishlagani kuch bag‘ishladi

  • 5 may, 2023, 19:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yichi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Abdumalik Xalokov -57 kg vazn toifasida Gayana vakili Kevin Alikok bilan ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi. G‘alabadan so‘ng Xalokov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Murabbiylarimizga katta rahmat. Musobaqaga qattiq tayyorlashdi. Bu birinchi jang. Murabbiylarimiz katta kuch bilan harakat qilmasligimizni uqtirishdi. Kerakli ochkolarni yig‘ildimi, ortiqcha urinishlar shart emas, kuchingni yarim final va finalga asra, deb ko‘rsatma berishdi.

Birinchi raund doimgidek hayojonli bo‘ladi. Endi jangdan jangga ochilib, murabbiylarni aytganini qilib, xatolar ustida ishlab, chiroyli g‘alabaga erishamiz degan umiddaman.

abdumalik

Ringga chiqishdan oldin muxlislarning Abdumalik, deya olqishlagani kuch bag‘ishladi. Ular energiya berishdi. Hudo xohlasa, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, muxlislarni xursand qilishga va’da beramiz, - dedi Abdumalik Xalokov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!