Abduqodir Husanov necha o‘yindan beri maydonga tushmayapti?

  • 14.12.2025 18:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Kristal Pelas" uchrashuvi birozdan so‘ng start oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov mazkur bellashuvni zaxirada boshlaydi. Himoyachi joriy mavsumda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Husanov Premer-liga doirasida so‘nggi bor 6-turda "Arsenal"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. Biroq o‘sha bahsda futbolchi jarohat olib, erta almashtirilgan edi. Shundan so‘ng u ketma-ket 10 ta uchrashuvdan beri asosiy tarkibdan joy olmadi.

Jarohatidan to‘liq tuzalgandan keyin Abduqodir Liga kubogida "Svonsi"ga qarshi 63 daqiqa, Chempionlar ligasida esa "Bayer"ga qarshi 65 daqiqa harakat qildi. 21 yoshli futbolchi so‘nggi marta 25 noyabr kuni maydonda ko‘rinish bergan.

Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 446 daqiqa maydonda bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!