Abduqodir Husanovning "Liverpul"ga qarshi oʻyini qanday baholandi?
Bugun "Manchester Siti" Angliya kubogining chorak finalida "Liverpul" bilan bahs olib borib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi.
O‘yindan so‘ng turli xil statistik portallar hamyurtimizning o‘yini turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.4 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.0 ball berdi.

Ma’lumot o‘rnida, shaharliklar navbatdagi uchrashuvini 12 aprel kuni Chelsiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar