Abramov bilan muammolar, Kuperning afzalliklari va terma jamoa muvaffaqiyatsizligi haqida Doston Tursunov bilan intervyu

  • 29 iyun, 2021, 17:46
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, Xitoy superligasida harakat qilayotgan hamyurtimiz 1,5 yildan beri terma jamoadan chaqiruv olgani yo‘q. Faoliyatini xorijda davom ettirayotgani bois, unga beriladigan savollarimiz yig‘ilib qolgan edi. Shu bois, legionerimizni savolga tutdik.
- Hozirda qaysi jamoa sharafini himoya qilyapsiz? Jamoa bilan tuzgan shartnomangiz necha yilga mo‘ljallangan?
- Avvalambor, assalomu alaykum. Hozirda, Xitoyning "Chuntsin Lyantszyan Atletik" klubida to‘p suryapman. Shartnomam 3 yil davom etadi. Jamoadoshlarim bilan aloqalarim yaxshi. Yangi mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsatish niyatidaman. Keyingi oyning 22-sanasidan mavsum boshlanadi.
- Nima uchun siz o‘zimizning klublarda to‘p surishdan ko‘ra, Sharqiy Osiyoning o‘rtamiyona jamoalarida to‘p surishni afzal ko‘rasiz?
- Menga mavsum boshida o‘zimizning grand klublardan takliflar kelib tushgani rost. Shunga qaramay, xorijda o‘ynash ma’qulroq ko‘rindi. 2 yildan beri Sharqiy Osiyodaman. Faoliyatimni legioner sifatida davom ettirish asosiy niyatim.

Tecno

photo_2021-06-29_19-05-39

- Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamizning JCh saralashidagi o‘yinlarini tomosha qildingizmi? Bu qadar omadsiz ishtirok etishimizni tasavvur qilganmidingiz?
- Hamma uchrashuvlarni tomosha qildim. Hozir barcha terma jamoamizning markaziy himoyasidagi muammolar haqida fikr bildirmoqda. O‘ylashimcha, hal qiluvchi bahslarga jamoani yaxshiroq tayyorlash lozim edi. Islom akaning(To‘xtaxo‘jaev) aytgan gaplari to‘g‘ri. Uchrashuv boshida tanlangan taktika o‘zini oqlagani yo‘q. O‘yindan oldin terma jamoamizda A va B rejalar yo‘q edi.
- Siz Ektor Kuper davrida terma jamoamizda muntazam ko‘rinish berdingiz. Abramov bilan ham "Neftchi"da faoliyat olib borgansiz. Aytingchi, ular o‘rtasidagi farq nimada?
- Er bilan osmoncha farq bor. Kuperda yangi o‘yinchilarga e’tibor va atmosfera a’lo darajada bo‘lgan. Ilk bor meni terma jamoaga chaqirganida, ichki raqobat juda kuchli edi. Men kelganimda, Kuper Ismoilov, Krimets va Ahmedov bilan birga asosiy tarkib uchun kurash olib borishim kerakligini aytdi. Uning qo‘l ostida yaxshigina o‘sishga erishdim, deb hisoblayman.

8481567491596

- Xorijda til bilan muammoga duch kelmayapsizmi?
- O‘zbekistondan tashqariga chiqqanimda, ingliz tilida birorta so‘z ham bilmas edim. Sekin-asta o‘rganishni boshladim. Hozir, ingliz tilidan onlayn dars olyapman. Legioner futbolchi uchun tilni bilish juda muhim. Yaratganga shukr, hozir til borasida muammolarim yo‘q.
- Nima deb o‘ylaysiz, bizda 19-23 yoshdagi futbolchilar yangi darajaga ko‘tarilishi qiyin. Ichki chempionatimizda tramplin yo‘q ekanligi ko‘p narsaga ta’sir ko‘rsatadimi?
- E’tibor berish kerak, deb hisoblayman. Murabbiylar ishonch bildirishi juda muhim. Bundan tashqari, yosh futbolchilarimiz o‘z ustida ham ishlashi kerak. To‘g‘ri yurish va kerakli mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida bajarish kerak. Hammasini tramplinga bog‘lash notog‘ri.
- Sharqiy Osiyo futboli bilan yaxshi tanishsiz. Aytingchi, ularning futboli biznikidan farq qiladimi?
- Faoliyaitmni Yaponiyada boshladim. Ularda futbolga bo‘lgan e’tibor boshqacha. Har kuni mashg‘ulotlar yangicha tarzda o‘tkaziladi. Avvallari hech qachon ko‘rmagan mashg‘ulotlarimni shu erda o‘rgandim. Yoshlar pas orqali to‘p surishga o‘rgatiladi. Indivudial futbolchilar ham jamoaviy o‘yinga hissa qo‘shishga majbur. Janubiy Koreyada esa, biroz o‘zgacharoq. Ular jangari futbolni hush ko‘radi. Pas ham esdan chiqmaydi, lekin ko‘proq yakkakurashlardagi g‘alabalar evaziga ularning futboli oldinga chiqib oldi. Xitoyda yaxshi legionerlar to‘p suradi. Ularning darajasi baland bo‘lgani uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanadi. Xitoyning futboliga e’tibor bersak, o‘rtamizdagi farq darrov ko‘zga tashlanadi. Agar sharqiy Osiyo haqida gap borsa, futbolimiz ancha orqada ekanligini aytishim mumkin. Bu erda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar a’lo darajada.
- Siz Serhio Ramosga muxlislik qilasiz. Aytingchi, kumiringiz faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi kerak?
- Darhaqiqat, hozirgacha uning har bir o‘yinini kuzataman. Maydonda ham u singari jangchi bo‘lishni istayman. Ramos katta ehtimol bilan PSJ futbolchisiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
29/06/2021 21:07
Endi nima foyda, terma jamoa haqida gapirib...