Abraxam minimum vazifani uddaladi

  • 11.07.2020 15:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Temmi Abraxam jamoa bilan amaldagi shartnomaning uzaytirilishi bo‘yicha talablarni bajardi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda gol urdi va etarli muddat maydonda harakat qildi. Endi uning 2022 yilga qadar imzolangan kelishuvi avtomatik tarzda 2023 yilga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, “Chelsi”ning o‘zi ham Abraxamni tarkibda saqlab qolish uchun unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Temmi Abraxam joriy mavsum APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!