
Abraxamga xunuk, Shomurodovga yaxshi xabar!
A Seriyaning beshinchi turida “Udineze”dan qaqshatqich zarbaga uchragan “Roma” yangi mavsumdagi yana bir musobaqa – Evropa ligasidagi yurishini boshlaydi.
Joze Mourino shogirdlari o‘tgan mavsumda kuchli oltilikka kirgani va bundan tashqari, Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqani uchun joriy mavsumda xalqaro maydonda Evropa ligasida o‘ynashi belgilangan.
“Roma” rahbariyati portugaliyalik mutaxassis va uning shogirdlari oldiga UEFAning ikkinchi turnirida ham g‘olib chiqish vazifasini yuklagan.
Evropa ligasining guruh bosqichi 8 sentyabrdan boshlanadi.
Ushbu turnir oldidan Joze Mourino qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu mutaxassis jamoasining asosiy kuchi sifatida hujum chizig‘ini belgilagan. Yozda asosiy transfer nishoni sifatida Paulo Dibala olib kelingani, keyinchalik rimliklar Andrea Belotti uchun oxirigacha kurashgani shundan dalolat beradi.
Har holda sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy olishni istagan har ikki yulduzni uning qo‘liga topshirdi.
Shunga qaramay, Joze Mourino Evropa ligasi starti oldidan hujumchilar borasida kutilmagan muammoga duch keldi. Yaqinda universal hujumkor futbolchi Nikolo Dzanolo elkasidan jiddiy shikastlanib, bir necha haftaga safdan chiqqan edi. Keyinroq, asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilayotgan Stefan El-Shaaravida ham jarohat aniqlandi va bu ikki hujumkor futbolchi “Udineze”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Jarohatlar epidemiyasi “Udineze” bilan o‘yinda ham davom etdi. Asosiy hujumchi vazifasini bajarib kelayotgan Temmi Abraxam elkasidan jarohat olib, o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Tibbiy tekshiruvlarda aniqlanishicha, angliyalik futbolchi jamoasining kamida ikkita uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Ya’ni, Temmi Abraxam 8 sentyabr kuni Evropa ligasining birinchi turida Bolgariyada bo‘ladigan “Ludogorets” va A Seriya doirasida 11 sentyabr kuni safarda “Empoli” bilan bahslarni o‘tkazib yuborilishi aytildi.
Biz uchun e’tiborga molik talabi hujum vakillaridan uch nafarining safdan chiqishi Eldor Shomurodovning maydonga tushish imkoniyatlarini oshirib yuboradi. Tabiiyki, Joze Mourino boshlang‘ich tarkibda ko‘proq Paulo Dibala va Andrea Belottiga ishonch bildirishi ehtimoli katta. Lekin uch kunda bir o‘ynagan pallada faqat ikki hujumchidan foydalanish aqlli qaror bo‘lmaydi.
Qolversa, “Udineze” bilan bo‘lgan o‘yinda portugaliyalik mutaxassis legionerimizni ham maydonga tushirgani bo‘lajak bellashuvlarda Shomurodov o‘z imkoniyatini olishidan darak bermoqda.
Shunday ekan, Eldor ham gollari va assistlar hisobini ochish orqali hamon “Roma”da o‘z o‘rniga ega ekanini ko‘rsatib qo‘yadigan payt keldi va hamyurtimiz qulay vaziyatdan imkon qadar ko‘proq foydalanib qolishi kerak bo‘ladi.
“Spartak” shartnomadan voz kechish uchun O‘runovga qancha to‘lagani oshkor bo‘ldi!
Shomurodovni ilk bor o‘ynatgan Mourino qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Shomurodovni olmoqchi bo‘lganimiz yolg‘on!
Shomurodovning agentlari O‘runovning karerasini qutqarib qoldi! (foto)
Fikrlar