"Abu Dhabi Grand Slam 2025" turniri. So‘nggi kun og‘ir vaznli dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga etadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vaznlarda tatamiga chiqishadi. Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar dzyudochisi ham bahslarga kirishadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Ivana Sutalo (Xorvatiya)
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva — Shin Jieong (Koreya Respublikasi)
-90 kg: Umar Bozorov — Aram Grigoryan (BAA)/Nemanya Maydov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev — Seo Dongue (Koreya Respublikasi)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Magomedomar Magomedomarov (BAA)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar