"ACA 110" turniri bo‘lib o‘tdi yoxud Rossiyaning nufuzli promoushenida yangi chempion paydo bo‘ldi
Moskvada Rossiyaning eng nufuzli "Absolute Championship Akhmat" promousheni tomonidan navbatdagi jang kechasi tashkil etildi. Ya’ni, “ACA 110” turniri bo‘lib o‘tdi va mazkur kechada bir qator shiddatli va qiziqarli janglar kuzatildi. Markaziy jangda yarim o‘rta vazn toifasida vakant bo‘lib turgan chempionlik kamari uchun ikki rossiyalik Ali Bagov hamda Murad Abdullaev to‘qnash keldi. Mazkur titul jangida Abdullaev hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqib, ushbu vaznning yangi chempioniga aylandi.
Quyida qolgan natijalarni taqdim etamiz.
Asosiy kard:
Eduard Vartanyan - Muhammad Kokov - hakamlar qaroriga ko‘ra, Vartanyan g‘alaba qozondi.
Ramazan Kishev - Qurbon Taygibov – Kishev birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
Asxab Zulaev - Jorobek Tesheboev – Zulaev 3-raundda qirg‘izistonlik raqibini nokautga uchratdi.
Ilya Shcheglov - Adlan Ibragimov – Shcheglov hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Prelim kard:
Daud Shayxaev - Erlan Ulug‘bekov – Shayxaev 2-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Islam Meshev - Emran Israfilov – Meshev hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib bo‘ldi.
Elxan Musaev - Adama Bogatirev – Musaev hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi.
Goga Shamatov - Murad Magomedov – Shamatov ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Samvel Vardanyan - Xamzat Aushev – Vardanyan 2-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Azamat Bekoev - Araz Mamedov – Bekoev 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Pavel Vitruk - Valeriy Xajirokov – Vitruk hakamlar qaroriga ko‘ra, muvaffaqitga erishdi.
Maxochi Sagitov - Roman Podrugin – Sagitov hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topildi.
Fikrlar