Afoninning jamoasi "Barselona" tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Belgiyaning "Gent" klubi hujumchisi Mamadu Silla faoliyatini "Orenburg" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Biroq, hozircha tomonlar o‘rtasidagi kelishuv shartlari oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun, Silla asli "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli senegallik futbolchi faoliyati davomida "Espanol", "Rasing", "Eypen" va "Zyulte Varegem" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar